Malaka oshirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash doirasida Farg‘ona viloyati ekologiya-hodimlari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Farg‘ona viloyatidagi tuman shahar inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi, shuningdek, o`quv kurslarida atrof-muhitga ta'siri I va II toifalarga kiritilgan korxonalarning ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas'ul xodimlari ham o`zi bilan saviyalarini oshirdilar. O‘quv kurslari 2022-yil 10-30-iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda zavodimiz mutaxassislari ham ishtirok etdi.        

Darslar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Farg‘ona davlat universiteti mutaxassis-olimlari tomonidan videofilmlar va slaydlar yordamida olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Farg‘ona viloyatidagi tuman shahar inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi. , shuningdek, o`quv kurslarida atrof-muhitga ta'siri I va II toifalarga kiritilgan korxonalarning ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas'ul xodimlari ham o`zi bilan saviyalarini oshirdilar. O‘quv kurslari 2022-yil 10-30-iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda zavodimiz mutaxassislari ham ishtirok etdi.        

Darslar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Farg‘ona davlat universiteti mutaxassis-olimlari tomonidan videofilmlar va slaydlar yordamida olib borildi.

Shuningdek, “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik va ilg‘or xorijiy tajriba”, “Atrof-muhitni sertifikatlashtirish va ekologik audit”, “Yer va suv resurslari, ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish”, “Chiqindilar bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish” kabi mavzular tinglandi. “Atrof-muhit monitoringi va tahliliy tahlil usullari” mavzusida fikr almashildi. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasidagi obyektlarga kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to`lovni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ekologik nazorat va ekologik auditga oid masalalarga oydinlik kiritildi. Do‘stona ruhda o‘tgan yig‘ilishda hududdagi sanoat korxonalarida atmosfera havosiga tashlanayotgan chiqindilarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan stansiyalari va kuzatuv postlarini tashkil etish mezonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yashil Makon” davlat dasturi asosida obodonlashtirish, energiya ta’minotining muqobil manbalari hamda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish usullari haqida fikr almashildi. Atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishning I va II toifalari ob'ektlarini rag'batlantirish maqsadida o`quv kurslari davomida ayrim qonun hujjatlariga ekologik maqsadlarda qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar kiritildi.

Tadbirda kompensatsiya to'lovlari bo'yicha:

- atrof-muhitga ta'sirini minimallashtirishga qaratilgan ekologik tadbirlarni amalga oshirishlari uchun, sanoat korxonasiga hisoblangan kompensatsiya to'lovlari miqdori hisobidan aniq foizdagi miqdorni sanoat korxonasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash choralariga yo'naltirishga yonaltirish haqidagi g`oya ilgari surildi.

Tinglovchilar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida bo‘lib, korxonada atrof-muhitni muhofaza qilish, atrof-muhitni boshqarish tizimi (ISO 14001), neftni qayta ishlash zavodining xalqaro standartlarga muvofiqligi borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida zavod hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, yig‘ilganlarga zavodni modernizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan tadbirlarni yaqqol ko‘rsatib berdi. Tinglovchilarga yaqin kelajakda zavodda faqat ekologik toza, xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqariladigan texnologik jarayonlar olib borilishi hususida ma`lumotlar berildi.

O‘quv kursi yakunida tasdiqlangan komissiya tinglovchilardan test shaklida imtihon oldi. Test sinovlari Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tdi.Olingan test natijalarga ko'ra, tiglovchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar beriladi.

                                                                

   Zavod matbuot xizmati.

 


Нашр этиш