Yoshlar kuni bayramona oʼtdi

Yoshlar kuni Fargʼona neftni qaytta ishlash zavodida koʼtarinki ruhda, bayramona nishonlandi.

Maʼmuriyat va jamoat tashkilotlari tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Unga asosan, bir qator koʼngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, faol yoshlarni taqdirlash tantanasi boʼlib oʼtdi.

Yoshlarning bilim va salohiyatlarini aniqlash maqsadida oʼtkazilgan viktorina haqiqiy bilmdon yoshlarni yuzaga chiqardi. Viktorinada har bir sexdan 3 tadan xodim qatnashdi, ular uchtadan savolga javob berdilar. Eng yaxshi koʼrsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar ragʼbatlantirishga tavsiya etildi.

Maʼmuriyat tomonidan Yoshlar uchun “KOʼK SАROY” tantanalar majmuasida tashkil etilgan tadbir oʼzgacha fayz bilan oʼtdi. Toʼkin dasturxon atrofiga jamlangan yoshlar maroqli suhbat qurdilar. Taniqli xonanda Аnvar Gʼaniev hamda viloyatimizning xushovoz sanʼatkorlari ijrosida yoshlikni, ona Vatanni, doʼstlikni tarannum etgan kuy-qoʼshiqlar yangradi. Yoshlar maroqli hordik oldilar.

Zavod maʼmuriyati majlislar zalida esa eng namunali, ishlab chiqarishda va jamoat ishlarida faol yoshlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. 20 nafardan ziyod yoshlar zavod maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining Tashakkurnomalari va esdalik sovgʼalari bilan ragʼbatlantirildilar.

Bu kabi tadbirlar faqat bayram kunlari emas, balki muntazam oʼtkazib kelinmoqda.

 

Zavod matbuot xizmati.

 


Нашр этиш