Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ma’muriyati va kasaba uyushmasi Hayiti bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy muassasalarda bo`ldilar.

Ezgulik va muruvvat bayrami bo`lgan “Hayit” bayrami arafasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati va korxona birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida qator ijtimoiy tadbirlar o‘tkazildi.

Korxona va kasaba uyushmasi hamkasblari avval korxonada ishlagan nafaqadagi faxriylarni ziyorat qilishdi.

Bundan tashqari, “Muruvvat” nogironlar bolalar uchun intirnat uyida yashovchi yetim va yolg‘iz keksalarni yo‘qlab, viloyat “Ko‘zi ojizlar” jamiyatida bo‘lib, muhtojlarga bayram sovg‘alarini ulashdi.

Shuningdek, korxonamiz xodimlari uchun korxonamiz oshpazlari tomonidan 230 kilogramm bayramona palov tayyorlandi.

 

Zavod Matbuot xizmati


Нашр этиш