“Fargʼona neftni qayta ishlash zavod”ida mehnatni muhofaza qilish yoʼnalishida eng bilimdonlari aniqlandi

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi har yili 28 aprel kuni butun dunyo miqiyosida nishonlanadigan “Umumjaxon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʼishlangan chora-tadbirlarga qoʼshildi.

Ushbu bayram korxonada 2003 yildan buyon nishonlanib kelmoqda va mehnat xavfsizligi madaniyati va sogʼliqni muhofaza qilishga oid barcha tomonlararo muzokaralarni bosqichli qurishga yoʼnaltirilgan.

Zavodda boshqa chora-tadbirlar qatori ishchi-xodimlar oʼrtasida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi yoʼnalishi boʼyicha ikki bosqichli viktorina oʼtkazildi.

Viktorinani 1 bosqichida ishlab chiqarish sexlar kesimida savol-javob yoʼli bilan bellashuv ishtirokchilari aniqlandi. Viktorinaga zavodning barcha tsexlari qatnashdilar.

 Viktorinani 2 bosqichini oʼtkazish tartibi quyidagi mavzular boʼyicha toʼgʼri va maksimal tezlikda yechish lozim boʼlgan kompyuterdagi test savollaridan iborat edi: mehnatni muhofaza qilish, yongʼin va sanoat xavfsizligi sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasining Qonunchiligi, lavozim yoʼriqnomalarga, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yongʼin va sanoat xavsizligi boʼyicha amaldagi yoʼriqnomalarga, avariya holatlarini bartaraf etish rejalariga oid savollar.

Test topshiriqlar natijalari boʼyicha 32 nafar ishtirokchilardan 6 nafari gʼolib deb tan olindi, yaʼni 3 nafari “ishchi personal” va 3 nafari «muhandis-texnik personal» nominatsiyasida. Texnik direktor Raximov Ikboljon Аdxamjonovich, SX, MMQ va АMMQ departamenti boshligʼi Umaraliev Diyorjon Аxmadalievich, kasaba uyushmasi raisi Saydaliev Rashidjon Turdalievich va personalni tashkillash va rivojlantirish boʼlimi boshligʼi Shodmonova Nasibaxon Maxmudovna tomonidan viktorina gʼoliblariga faxriy yorliq va qimmatbaxo sovgʼalar (televizor, elektropech, multivarkalar) tantanali ravishda topshirildi.

 Muhandis-texnik personal oʼrtasida 1 oʼrinni 15-tsex boʼlinma komandiri Toxirov Toxir Аbdujabborovich egalladi (natijasi: 100% 1 daqiqa 11 soniya ichi).

Ishchi personal oʼrtasida 1 oʼrinni 7-tsex elektromontyori Saydaxmedova Аnoraxon Radjabalievna egalladi (natijasi: 100% 1 daqiqa 37 soniya ichi).

 

 

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 

 


Нашр этиш