“Fargʼona NQIZ” ishchi-xodimlarga Fargʼona shaxrida qurilayotga eko shaxardan uy joylarni kredit asosida olish taklif etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan Fargʼona shahri hududida 300 gektar maydonda ekoshahar bunyod etilmoqda.

Shahar ob-havosini moʼʼtadillashtirish, hududni obi hayot bilan taʼminlash maqsadida yangi kanal qurilmoqda. Mazkur kanal ekoshahar hududida 70 gektar maydonda tashkil etiladigan «Yangi Oʼzbekiston» bogʼini suv bilan taʼminlaydi.

Eʼtiborlisi, Fargʼona viloyati hokimligi tomonidan mazkur 40 ming aholiga moʼljallangan ekoshaharda qurilayotgan 7, 9, 12, 25-qavatli turar joylardan Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi xodimlari uchun 300 ta xonadon imtiyozli kredit asosida ajratilmoqda.

Zavod yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan majlislar zalida korxona ishchi-xizmatchilari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda АTB “Аsakabank” masʼul xodimi Sardorbek Nuritdinov Koreya Respublikasi tajribasi asosida bunyod etilayotgan ekoshaharning loyihasi va infratuzilmasi haqida gapirib berdi. Soʼngra mazkur yoʼldosh shaharchadan turar joy olish, imtiyozli kredit ajratish tartibi hamda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya masalalarida atroflicha tushunchalar berib oʼtdi.

Ishchi-xodimlar ekoshahardan xonadon olish uchun kerak boʼladigan hujjatlar toʼplami, kredit toʼlovi va muddati, bank, soliq imtiyozlari kabi koʼplab savollariga toʼlaqonli javoblar olishdi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш