Zavodimizda Bahor, milliy anʼanalar tarannumi.

Yurtimizga baxor keldi. Bu faslini bayramona nishonlash zavodimizda anʼanaga aylanib qolgan. Har yili zavodimizda baxor kelishi bilan turli xil tadbirlar tashkilanadi.

Bugun zavodimizning 1-sektor hududida 18 koʼklamzorlashtirish va 19 ishchilarni taomlantirish tsexlari tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami va Navroʼz umumxalq bayrami oldidan oʼtkazilgan tadbir ishchilarga bayram kayfiyatini baxsh etdi. Bir-biridan qiziq sahna koʼrinishlari va milliy liboslar yana bir bor bizga baxor tarovatini namoyon etdi.

Bahorning ilk kunida tavallud topgan Oʼzbekiston xalq shoirasi, millionlab oʼzbek ayollarining timsoliga aylangan Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan uning hayoti va ijod namunalari va adabiy tadbir ham barcha ishtirokchilarga koʼtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tadbirga kelgan xodimlar tadbir tashkilovchi zavod raxbariyati xamda zavod “Yoshlar ittifoqi”ga aloxida minnadorchiliglarini bildirdilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш