"Farg’ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining dekabr oyi natijalari e'lon qilindi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi.

Barcha nomzodlar o'z kasblarining eng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmaganligi sababli, "O’z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Valiev Аbdurashid Rustamxon ug`li, 3 tsex;
  • Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Umarov Saidjamol Saidikromovich, 1 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Boltaboev Аzizjon Аvazovich, 2 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Buriev Xayotjon Shaxibiddinovich, 9 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi-Isroilov Toxirjon Zoxidovich, 5 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Abdullaeva Gulnora Ruzimatovna, 10 tsex;
  • Eng yaxshi asbobsoz-Ustyujin Sergey Valerevich, 12 tsex
  • Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Supidjonov Oydinjon Sadikovich, 14 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Isakov Raximberdi Xudoyberdievich, 11 tsex;
  • VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Muxitdinov Kodirali Fozil ug`li, OYICH;
  • AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim-Muminov Eldorbek Shoirjonovich, 20 tsex;
  • Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim-Аlieva Zamira Ulmasovna, 31- tsex.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш