Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tuzildi

Bugungi kunda yurtimizda xalq xoʼjaligining barcha sohalari qatori enegetika, neft-gaz tarmoqlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib bormoqda. Oʼz navbatida, ularning mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga qoʼshayotgan hissalari eʼtiborga molik.

Аhamiyatlisi, ishlab chiqarish korxonalari kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish yoʼnalishida ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik asosida samarali ishlar olib borilmoqda.

Bunday ikki tomonlama manfaatli sherikchilikni yanada mustahkamlash, yangicha bosqichda olib borishni davr taqozo etmoqda. Shuning uchun ham Oʼzbekiston energetika, neftь-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi tarmoqda faoliyat olib borayotgan chet el korxonalari bilan oʼzaro ijtimoiy sheriklikdagi uzoq muddatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, kelgusida kasaba uyushmalari tashkilotlarining hamjihatligiga qaratilgan faoliyatni yanada rivojlantirish, faollashtirish, korxonalar kasaba uyushmalari qoʼmitalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek “Enter engineering”, “SEG”, FNQIZ, “Eriell group” korxonalari kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari, faollari va ish beruvchilari ishtirokida oʼtkazilgan qoʼshma yigʼilish bayonini inobatga olib, mazkur korxonalar kasaba uyushmalari tashkilotlarini birlashtiruvchi Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasini tuzishga qaror qabul qildi.

Kengash ijroiya qoʼmitasining Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasini tuzish va uni Oʼzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi tasarrufiga oʼtkazish boʼyicha qarorini tasdiqlash yuzasidan joriy yilning 18 fevralida “Enter engineering”, “SEG”, FNQIZ, “Eriell group” korxonalari kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ishtirokida taʼsis konferentsiyasi boʼlib oʼtdi va qaror bir ovozdan maʼqullandi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш