Ishlab chiqarishni optimallashtirish va mahsulotlarning xaridorgirligini (likvidligini) oshirish sari

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari "Optimallashtirilgan rejalashtirish modelini loyihalash, ishlab chiqish va tadbiq qilish" loyihasi doirasida " SANOAT ENERGETIKA GURUHI " MChJ, " AspenTech " va "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ (FNQIZ) vakillari ishtirokida onlayn oʼquv va amaliy mashgʼulotlar tashkil etildi.

Oʼquv kursi mashgʼulotlari davomida, loyihani tadbiq etish va amalga oshirish jadvali, bosqichma bosqich va batafsil ish hajmini belgilab olish, oʼquv kursida qatnashgan foydalanuvchilarni sertifikatlash, loyihaning funktsional tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash va boshqalar bilan bogʼliq masalalar muxokama qilindi.

Аvval xabar qilinganidek, FNQIZda "Aspen Unified PIMS"- optimallashtirilgan rejalashtirish modelini amaliyotga tadbiq etish uchun shartnoma asosida Aspen Technology (АQSh) kompaniyasi jalb qilingan edi.

Aspen PIMS (Process Industry Modeling System) - bu maʼlum tashqi (bozor sharoitlari, xomashyo va materiallar resurslari, mahsulot tasniflari) va ichki (mavjud texnologik qurilmalar va olib boriladigan jarayonlar, yarim tayyor va tayyor maxsulotlar koʼrsatgichlari va boshqalar) sharoitda korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarida iqtisodiy samaradorligini maksimal darajada oshirish vositasidir. Bundan tashqari, Aspen PIMS muqobil xom-ashyo turlarini qayta ishlash va yangi turdagi maxulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini baholash, texnologik qurilmalarning optimal ish rejimlarini aniqlash, neft mahsulotlarni optimal aralashtirishni hisoblash, va shu kabilarning texnik-iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi.

 

FNQIZ matbuot xizmati.

 


Нашр этиш