"NЕFTCHI"(U-18) — O‘ZBЕKISTON CHЕMPIONI!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining U-18 birinchiligi ham yakuniga yetdi. Mavsum davomida 24 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib bordi. Neftchi U-18 jamoasi 23 marotaba maydonga tushib, uning 17 tasida ishonchli g‘alaba qozondi, 4 ta o‘yinda durang natija qayd etildi, faqat 2 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Yakunida 55 ochko jamg‘ardi.


Oxirgi tur o‘yinida “Neftchi” Olmaliq shahrida AGMKga qarshi maydonga tushdi. Bu uchrashuv juda muhim bo‘lib, har bir ochko qimmatga tushishi mumkin edi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda jamoamiz vakillari 2:4 hisobida g‘alabaga erishib, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Bunyodkor” kabi kuchli va nomdor jamoalarni ortda qoldirgan holda mamlakatimizda ilk bor U-18 jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempioni degan sharafli unvonga birinchi bor sazovor bo‘lishdi.
Takidlab o‘tishimiz joizki bu yil Neftchi klubi uchun juda omadli keldi. Futbol bo‘yicha Neftchi klubi “Pro-Liga” chempioni bo‘lib Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Neftchi klubining Futzal jamoasi hamda futbol bo`yicha ayollar jamoasi ham yorqin o‘yinlar namoyish etib Oliy liga yolanmasini qo‘lga kiritishdi.


G‘alabalarimiz davomiy bo‘lsin, azizlar!

 


Нашр этиш