«Zakovat» intellektual oʼyinining Respublika bosqichida faol ishtirok etgan Fargʼona NQIZ yoshlari munosib taqdirlandilar.

18 oktyabr kuni tashkil etilgan tadbirda “Zakovat” oʼyini ishtirokchisi boʼlgan “Magnat” jamoasi aʼzolarini korxona raxbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandilar.

Tadbir davomida «Zakovat» oʼyiniga atalgan Videorolik zavod xodimlarga namoyish etilib u orqali intellektual oʼyinning hududiy va final bosqichlaridan zavodimiz yoshlarini ishtiroklari yoritildi. Bilimdon hamkasblarimiz ilm oʼrganish, kitob oʼqish, doimiy izlanish orqali zakovatni oshirish va dunyoqarashni kengaytirish muvaffaqiyatlar omili ekanligini oʼzlarining «Zakovat» breyn-ring intellektual oʼyininidagi ishtiroklari misolida aytib oʼtishdi.

Tadbir soʼngida “Bilmaganlarimizni bilib olamiz” mavzusida qiziqarli savol-javoblar oʼtkazilib, gʼoliblar munosib taqdirlandi.

Tadbirda «Zakovat» breyn-ring intellektual oʼyinining respublika final bosqichida faol ishtirok etgan yoshlarga tantanali ravishda maxsus diplomlar topshirildi.

 

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш