Fargʼona NQIZ da maʼnaviyat soati oʼtqazildi.

Fargʼona viloyatidagi boshqarma, tashkilot va korxonalar xamda jamoat tashkilotlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ishchi-xodimlar oʼrtasida ekstremizm, terorizm kabi illatlarning salbiy oqibatlarini keng tushintirish, turli tashqi kuchlarning mamlakatimizda xukm surayotgan osoyishtalikni beqarorlashtirishga boʼlgan urunishlarini oldini olishga qaratilgan targʼibot tadbirlaridan biri 13-oktаbr kuni “FNQIZ” MChJ da ishchi xodimlar oʼrtasida boʼlib oʼtdi.

Unda Fargʼona viloyati “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi vakili-Toʼychiev Shavkat, Qirguli imom xatibi Аbdunosirxoji Oxunov, xamda Fargʼona viloyat IIBning terrorizmga qarshi kurashish boʼyicha xodimi Raxmonov Fayzullajonlar ishtirok etib, juda koʼplab dolzarb masalalar xususida aytib oʼtdilar. Xar bir tsexdan vakil boʼlib chiqqan ishchi xodimlar masalaning mazmun moxiyati toʼgʼrisida tushunchaga ega boʼlib, oʼzlari uchun tegishli xulosa chiqardilar.

Tadbirga jamlangan zavod ishchi-xodimlari bu tashkilangan tadbirdan juda katta maʼnaviy foyda va tushincha olganlarini taʼkidlab, bu uchun tadbir tashkillovchi zavod raxbariyatiga va tadbirga kelgan mexmonlarga oʼz minnadorchiliglarini bildirdilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш