Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʼilishida zavod ishlab chiqarishi bilan bogʼliq muhim masala koʼrib chiqildi.

Zavod faoliyati ochiqligini taʼminlash, maʼmuriyat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining ishchi-xodimlar, mutaxassislar, mehnat faxriylari bilan izchil hamkorligini yoʼlga qoʼyish, ular bilan yaqin aloqa oʼrnatish, doimiy nazorat va monitoring ishlarini amalga oshirish maqsadida "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ qoshida Jamoatchilik kengashi tuzilgan edi.

Mazkur Jamoatchilik kengashi korxonada uzoq yillar davomida namunali faoliyat olib borgan, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obroʼ-eʼtiborli mehnat faxriylaridan tarkib topgan. Kengash avvalgi yigʼilishlarida zavod faoliyati bilan bogʼliq masalalarda korxona rahbariyati bilan ochiq muloqotlar olib bordilar, oʼz ish tajribalaridan kelib chiqib, zavodni modernizatsiya, rekonstruktsiya qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilash boʼyicha maslahatlar va takliflarini bildirib oʼtishdi.

Bugun zavod direktori tashabbusi bilan Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda zavod direktori X.Latipov tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yoʼqotishning oldini olish masalasi koʼrib chiqish taklif qilindi.

Faxriylar kengashi raisi M.Xursanova, ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega boʼlgan H.Аliev, А.Qodirov, X.Sheraliev, T.Xodjaeva N.Belyalova va boshqalar uzoq yillik mehnat faoliyatlari va tajribalari asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yoʼqotishni oldini olish boʼyicha gapirib oʼtishdi, fikrlar almashildi va takliflar bildirildi.

Yigʼilishda 1, 2, 5, 6-tsexlardagi mahsulotlar yoʼqotishlarini oʼrganish, muammoni ijobiy hal etish boʼyicha takliflar, maslahatlar bildirish masalasi kengash aʼzolariga topshirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш