
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81-sonli Farmoni ijrosi doirasida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ hamda Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi hududlarida atmosfera havosining holatini kuzatuvchi avtomatik statsionar postlar o‘rnatildi.
Zamonaviy uskunalar atmosfera havosining holatini muntazam monitoring qilish, uning asosiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, shuningdek, atrof-muhitning ekologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi.
Atmosfera havosining holatini muntazam nazorat qilish ekologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Avtomatik statsionar kuzatuv postlarining o‘rnatilishi havo tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, mavjud holatni baholash va zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, korxonada ekologik hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”, — deya ta’kidladi zavodning Sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish departamenti rahbari Umidjon Yigitaliyevich.
Amalga oshirilayotgan ishlar korxonada zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ekologik monitoring tizimini yanada takomillashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.
Farg‘ona NQIZ matbuot xizmati
