«Fargʼona NQIZ» MChJ har xil turdagi massali va hajmli sarf oʼlchagichlarni qiyoslash ishlariga tayyorlash va tashkil etish servis xizmatlarini taqdim qiladi                                                  

«Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ har xil turdagi massali va hajmli sarf o'lchagichlarni (koriolis, ulьtratovushli, kamerali va boshqalar) qiyoslash ishlariga tayyorlash va tashkil etish servis xizmatlarini taqdim qiladi, jumladan:

- Emerson - Micromotion CMF, Elita,
- Endress + Hauser - ProMass,
- Krohne - Optimass, Optisonic,
- Yokogawa - Yewflo, Rotamass,
- Rheonik - RHM,
- sovuq suv xisoblagichlari.

Ushbu o'lchov vositalarini dastlabki tekshirish va tekshirishga tayyorgarlik ishlari O'zbekiston Respublikasida yagona bo'lgan  yuqori aniqlikdagi sertifikatlangan namunali « Pruver » qiyoslash qurilmasida amalga oshiriladi:
- 1 razryadli qiyoslash qurilmasining nisbiy xatoligi ± 0,03% ,
           o'lchash  chegarasi (0,8÷800) m³/h;
- 2 razryadli qiyoslash qurilmasining nisbiy xatoligi ± 0,1% ,
          o'lchash  chegarasi (48÷1000) m³/h;
- suv xisoblagichlarini tekshirish qurilmasi  nisbiy xatoligi ± 0,5%,
          o'lchash  chegarasi (0,03÷300) m³/h.
Qiyoslash qurilmalari turli diametrdagi sarf o'lchagichlarni Ø (25÷400) mm va sovuq suv xisoblagichlarni esa Ø (15÷150) mm gacha  sinovdan o'tkazadi.
Servis xizmatlari shartlari shartnoma asosida va servis xizmati narxi  korxonada tasdiqlangan  preyskurant  asosida belgilanadi.
Qiyoslash ishlari  «O'zbekiston milliy metrologiya instituti» DK tomonidan qiyoslash ishlari uchun tasdiqlangan preyskuranti bo'yicha amalga oshiriladi.

Xizmat nomi                                                     Oʻlchov birligi      QQSsiz ulgurji narx   QQS 15%   QQS bilan ulgurji narx (so'mda)

"Prover" qurilmasida oqim o'lchagichni tekshirish   1 birlik                4 100 000,00         615 000,00     4 715 000,00

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
  (73) 229-45-46;        metrologiya xizmati  Ismailova Gulchehraxon
  (99) 010-91-12         32- sex boshlig'i o'rinbosari  Maxmudov I.A.  
              

email: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ maʼmuriyati

 


Нашр этиш