Farg‘ona NQIZ va Farg‘ona politexnika instituti hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” uchun kadrlar tayyorlaydi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Farg‘ona politexnika instituti bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hafta muhim voqea bo‘ldi - FNPZ hududida bo‘lib o‘tgan tadbirda tomonlar memorandum imzolashdi.

Hujjatlarni imzolash marosimida zavod direktori Habib Latipov, direktorning kadrlar boshqaruvi bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Boltaboyeva, kadrlar tayyorlash va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nasiba Shodmonova, Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘ktam Salomov, prorektori Jamoliddin Qambarov va fakultet dekani Rustam Tojiyev ishtirok etishdi.


Rasmiy uchrashuv chog‘ida zavod direktori Xabib Xalimovich va institut rektori O‘ktam Rahimovich ko‘p yillik o‘zaro hamkorlikning natijalari va istiqbollari haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, taqdimot formatida Farg‘ona politexnika instituti kafedra mudiri G‘ulomqodir Mirzaqulov imzolangan memorandumning mazmun-mohiyati va maqsadlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.


– Mazkur hamkorlik memorandumining ahamiyati uning samaradorligi bilan bog‘liq. U nazariy asos va ishlab chiqarish amaliyotini uyg‘unlashtirgan holda malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. Endilikda biz talabalarga bevosita zavod sexlari va laboratoriyalarida, ya’ni haqiqiy ishlab chiqarish korxonasida amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratib beramiz. Amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlarining asosini, eng avvalo, zamonaviy asbob-uskunalar ustida ishlashga qodir malakali kadrlar tashkil etishini yaxshi tushinamiz, – deydi Farg‘ona politexnika instituti fakulteti dekani Rustam Tojiyev.


– Hamkorlik memorandumining asosiy maqsadi modernizatsiya, zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni hisobga olgan holda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. O‘qitish xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq, nazariy asoslar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unlashgan holda zavodning o‘zida olib boriladi. 


Shuningdek, xodimlar malakasini oshirish, tegishli bilimlarini uzluksiz takomillashtirish maqsadida katta tajribaga ega professor-o‘qituvchilar bilan yanada yaqindan hamkorlik qilamiz, bu esa Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da alohida ahamiyat kasb etadi, – deydi kadrlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza G‘ulomovna.


Нашр этиш