Аngren terminali bilan bogʼliq vaziyat yoqilgʼi taʼminotiga taʼsir qilmaydi

Eslatib oʼtamiz, 10 dekabr kuni Аngren terminalida 20-sonli bakdan 8 tonna miqdoridagi АI-80 benzini sizib chiqqan edi. Terminal Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʼisini saqlash uchun moʼljallangan boʼlib, bu hodisa yoqilgʼi taʼminotidagi vaziyatga taʼsir koʼrsatmagan.

Hodisaning dastlabki sababi haroratning keskin pasayishi tufayli uskunada nosozlik yuzaga kelgan boʼlib, u zudlik bilan bartaraf etildi. Hozirda hodisa sabablari maxsus komissiya tomonidan oʼrganilmoqda, uning xulosasi boʼyicha rasmiy munosabat beriladi.

Bugungi kunda Аngren terminali normal rejimda ishlamoqda.

Mazkur terminal Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlarini, jumladan, benzin va dizel yoqilgʼisini saqlash uchun tashkil etilgan. Maʼlumki, 2019 yilda hukumat qarori bilan FNPZ Аngren terminali ham tarkibiga kiruvchi “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK tuzilmasi bilan birgalikda ishonchli boshqaruvga oʼtkazildi.

Аngren terminalidan har kuni Toshkent viloyati va Toshkent shahri isteʼmolchilari uchun 1000-1100 tonnaga yaqin benzin va 250-300 tonna dizel yoqilgʼisi joʼnatilmoqda.

Shu bilan birga, ayni sovuq kunlarda yoqilgʼiga talab ortib borayotganini inobatga olgan holda Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida АI-80 benzinining sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi 30 tonnadan 50 tonnaga oshirildi. Barcha mahsulotlar amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq birja savdolari orqali sotiladi, shundan soʼng ular yoqilgʼi quyish shoxobchalariga yetkazib beriladi.

Аyni paytda neft bazalari, neftni qayta ishlash zavodlari yoqilgʼi quyish shoxobchalarini benzin bilan taʼminlash uchun yetarli zaxiraga ega. Xususan, 26,5 ming tonna “Oʼzbekneftgaz” (“UNG Petro”) yoqilgʼi quyish shoxobchalarida sotilayotgan АI 80 markali benzin zaxirasi boʼlib, bu boshqa mahsulotlar qatori neft mahsuloti tannarxiga taʼsir koʼrsata olmaydi.

 

"FNQIZ" matbuot-xizmati.


Нашр этиш