Bolalar-bizning kelajagimiz.

Har yilning 1 iyuni butun dunyoda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi. Maqsad keng jamoatchilik diqqatini bolalarning taʼlim-tarbiyasiga qaratish, ular yuziga tabassum baxshida etish, huquqlarini himoya qilish, oʼz mamlakatining toʼla-toʼkis va xotirjam fuqarosi boʼlib oʼsib-uvoyaga yetishlari uchun zamin yaratishdir.

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati tashabbusi bilan Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi hamda Ishchilarni qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlantirish boʼlimi tomonidan korxonada mehnat qilayotgan 150 nafar ishchi-xizmatchilarning 150 nafardan ziyod farzandlari bilan Quvasoy shahrining “Аrsif” dam olish majmuasida maroqli dam olishlari uchun sayohat tashkil etildi.

Bayram tadbiri koʼtarinki kayfiyat, bolajonlarning shoʼx-shodon kulgulariga boy oʼtdi. Ular uchun turli koʼngilochar tadbirlar tashkil etildi. Shaxmat-shashka, arqon tortish, qisqa masofaga yugurish, obruch bilan mashq qilish, baseynda suzish kabi sport musobaqalari oʼtkazildi, “Qoʼgʼirchoq teatri” tomoshalari jajji kichkintoylarni sira zeriktirib qoʼymadi. Ularning quvonchlariga ota-onalari sherik boʼldi. Bolalarga xos musiqa va qoʼshiqlar ohangida raqslar ijro etildi.

Bayramona oʼtgan tadbirda bolajonlar oldiga shirinliklar, milliy taomlar bilan bezatilgan toʼkin dasturxon yozildi. Tadbir soʼngida zavod Birlashgan Kasaba uyushmasi tomonidan “Hilol” doʼkonidan olingan shirinliklar toʼplami, tashkilangan musobaqalarda gʼolib boʼlgan bolajonlarga qimmat baho sovgʼalar xamda dam olish maskaniga kelgan 150dan ziyod bolalarga oʼquv-qurollari jamlangan sovgʼalarham topshirildi.

 

 Zavod matbuot xizmati.

 


Нашр этиш