O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘qitishni innovatsion usullarini joriy etish orqali haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan.
Yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish “MARG‘ILON AVTO O’RGATUVCHI” MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilib haydovchilar o‘qitilmoqda. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kombinatsiyalangan usullaridan foydalangan holda kadrlar tayyorlashda yangi ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.
O‘quv kursida 230 nafar zavod haydovchilarini o’qitish rejalashtirilgan bo’lib, mashg’ulotlar 2022-yilning 11-may kunidan boshlanib 40 kishidan iborat guruhlar shaklida o‘qitilmoqda. O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan xaydovchilarga yuridik shaxsning transport vositalarini boshqarish bo‘yicha tegishli guvohnomalar beriladi.
FNQIZ matbuot xizmati