"Farg’ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining yanvar oyi natijalari e'lon qilindi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi.

Barcha nomzodlar o'z kasblarining eng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmaganligi sababli, "O’z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Ganyushin Ilya Pavlovich 3 tsex;
  • Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Siddikov Furqat Аkramovich, 1 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Rasulov Shaxboz Shokirovich, 1 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Soibov Rustam Rasulovich, 8 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi- Raximov Iqboljon Ikromovich, 11 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Toshxodjaeva Dilfuza Maqsudalievna, 10 tsex;
  • Eng yaxshi asbobsoz-Butaev Аbduxalim Аbduxalilovich, 9 tsex
  • Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Turdiqulov Shavkat Qodirovich, 14 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Tursunov Muzaffar Аminovich, 9 tsex;
  • VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Mirzaaxmedov Farxod Pazlidinovich, 18 tsex;
  • AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Yusupov Otabek Toxirovich, 20 tsex;
  • Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Аbduraxmonov Musinjon Mamadalievich, 31- tsex.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш