"Farg’ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining noyabr oyi natijalari e'lon qilindi.

"Farg’ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining noyabr oyi natijalari e'lon qilindi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi. Barcha nomzodlar o'z kasblarining eng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmaganligi sababli, "O’z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Koraboev Maxsudjon Maxmudovich, 1 tsex;
  • Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Sodiqov Shukurullo Gʼayratjonovich, 4 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Boltaboev Аzizjon Аvazovich, 2 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Jalilov Muxiddin Odilovich, 11 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi-Mirzaaxmedov Аsiljon Аbdulaziz ugli, 4 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Maxmudova Mо`tabar Raxmatjonovna, 19 tsex;
  • Eng yaxshi asbobsoz-Otajanov Saidjon Аxunovich, 12 tsex
  • Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Sattarov Аnvar Kayumovich, 13 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Gafurov Hayotjon Qodirovich, 9 tsex;
  • VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Toxirov Toxirjon Аbdujaborovich, 19 tsex;
  • AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Mazitov Timur Faridovich, 20 tsex;
  • Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim-Suyarkulova Saida Neʼmatullaevna, 31- tsex.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш