Zavod ishchilari orasida uzoq masofaga yugurish boʼyicha musobaqa oʼtkazildi.

Zavod ishchi-xodimlari oʼrtasida ommaviy sport turlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish orqali sogʼlomlashtirish, sogʼlom turmun tarzini keng targʼib qilish hamda 11 noyabr – Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan zavod maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan korxona miqyosida uzoq masofaga yugurish boʼyicha musobaqa oʼtkazildi.

Sanoat koʼchasi boʼylab 4 kilometrli masofaga yugurish musobaqasida mehnat faxriylari, 30 yoshgacha va undan yuqori yoshdagi ishchi-xodimlar ishtirok etishdi. Sportning bu turi murakkab va jismonan kuch, mahorat talab qilishiga qaramay, ishtirokchilarning barchasi belgilangan masofani bosib oʼtdilar. Ular finishda tantanalar bilan kutib olindi.

Ismolijon Mallaboev, Erkinjon Hojiqurbonov singari faxriylar yoshlari ulugʼ boʼlsa¬-da, yoshlar bilan tengma¬-teng yugurib ularga ibrat koʼrsatishdi. 50 yoshdan yuqori ishchilar oʼrtasida Ibrohimjon Obbosxonov marraga birinchi boʼlib yetib keldi. 30 yoshdan 50 yoshgacha boʼlgan ayollar safida Shahnozaxon Badalboeva gʼolib chiqdi. Shu yoshdagi erkaklar oʼrtasida esa 13-tsex xodimi Sardor Nazarov chempionlikni qoʼlga kiiritdi.

30 yoshgacha boʼlgan yigit-qizlar oʼrtasida esa Аbror Qodirov va Madinaxon Аbdunazarova birinchilardan boʼlib marra chizigʼini bosib oʼtishdi.

Uzoq masofaga yugurish boʼyicha musobaqa gʼoliblarini taqdirlash tantanasida zavod direktori X.Latipov ishtirokchilar shaʼniga samimiy soʼzlarini bildirdi hamda ularni Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari kuni bilan qutladi.

Tantanali marosimda gʼoliblar va faxrli oʼrinlarni egallagan ishchi-xodimlar televizor, kir yuvish mashinasi, pech kabi qimmatbaho sovgʼalar bilan ragʼbatlantirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш