“Fargʼona NQIZ” MChJda avariya vaziyatlarini bartaraf etish boʼyicha oʼquv mashgʼulot oʼtkazildi.

“Fargʼona NQIZ” MChJ rahbariyati tashabbusi bilan korxonada favqulodda holatlarning oldini olish, sodir boʼladigan avariyalar haqida rahbar xodimlar, aloqador xizmatlar, mutaxassislar va zavod ishchilarini oʼz vaqtida xabardor qilish, baxtsiz hodisani bartaraf etishga HGQO, yongʼindan saqlash va boshqa xizmatlarni jalb etish, shuningdek, kutilmagan vaziyatlarda ishchilarni evakuatsiya qilish uchun jamoaviy harakatlarning tayyorgarligini oʼrganish maqsadida 2021 yil 4 noyabr kuni yongʼinga qarashi oʼquv mashgʼulot oʼtkazildi.

Xususan rejaga asosan 6-tsexga qarashli boʼlgan 16/35-sonli rezervuar parkida joylashgan 436-sonli rezervuarda yongʼin kelib chiqqani toʼgʼrisida zavod dispetcherlik boʼlimiga xabar berildi.

Oʼquv mashgʼulot toʼgʼrisida koʼrsatma olgan zavod dispetcheri avariya vaziyati haqidagi xabarni roʼyxat boʼyicha zavod rahbariyatiga, mutaxassislar va asosiy xizmat va boʼlinmalariga yetkazdi. Аvariya sirenasini yoqish va telefon orqali xabar yetkazilishi bilan zavod raxbariyati va tegishli mutaxassislar voqea joyiga yetib kelib, shu joyning oʼzida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va korxonada amalda boʼlgan “6-tsexning yogʼ ishlab chiqarish mahsulot uchastkasida avariyalarni bartaraf etish rejasi” asosida bajarilishi lozim boʼlgan vazifalarni, hamda barcha xizmatlar bilan birgalikdagi jamoaviy harakatlarning puxta shakllanganligi va mahoratlarini kuzatdilar.

Oʼquv mashgʼulotlarini oʼtkazish asnosida FNQIZ MChJ xodimlariga amaliy saboq berish va ularning malakalarini oshirish qatorida, АVBRning sifatiga, sodir boʼlishi mumkin boʼlgan avariya vaziyatlarini bartaraf etishga korxona (ishlab chiqarish, tsex, uchastka, qurilma)ning tayyorligi, HGQO, koʼngilli gazdan qutqarish drujinalari, HYOQ, koʼngilli gazdan qutqarish va yongʼin drujinalarining tayyorgarligi hamda vazifalarining muvofiqlashtirilganligiga tizimli baho berildi.

Natijalarga koʼra 2021 yil 5 noyabr kuni korxona direktorining birinchi oʼrinbosari-texnik direktor Milttsin А, korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish boʼyicha direktor oʼrinbosari Shergaziev B, SX, MMQ va АMMQ departamenti boshligʼi Umaraliev D boshchiligida korxona maxsus hizmatlari, bosh mutaxassislar, hamda barcha tsex va boʼlim boshliqlari ishtirokida oʼquv mashgʼulot jarayonida avariya vaziyatini bartaraf etishda korxona xizmatlari tomonidan yoʼl qoʼyilgan xato-kamchiliklar yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi.

Yigʼilishda SX, MMQ va АMMQ departamenti boshligʼi Umaraliev Diyorbekning oʼquv mashgʼulot yakunlari boʼyicha hisoboti tinglandi. Korxona maxsus xizmatlari, ularning rahbar xodimlari, mutaxassislar va ishchi-xodimlarning avariyani bartaraf etish uchun olib borgan harakatlari davomida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar koʼrsatib oʼtildi. Kelgusida bunday holatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tadbirlarni toʼgʼri tashkil etish, xodimlar salomatligi, atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish boʼyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, korxonaning kelgusidagi faoliyati mobaynida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish uchun mukammal tayyorgarlik koʼrish, koʼnikmalarni oshirish kerakligi boʼyicha ishtirokchilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

 


Нашр этиш