«Farg‘ona NQIZ» MCHJ xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘z kasbining ustasi» ko‘rik-tanlovining may natijalari e’lon qilindi.

Bugun, 30 iyun kuni «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MCHJ xodimlari o‘rtasida «O‘z kasbining ustasi» ko‘rik-tanlovining may oyi natijalari ma’lum bo‘ldi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi. Barcha nomzodlar o‘z kasblarining eng munosib vakillari bo‘lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko‘rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi. O‘tgan oy so‘ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka yerishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir yetmaganligi sababli, «O‘z kasbining ustasi» faxriy unvoni sovrindorlari yetib quyidagi xodimlar taqdirland

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Kamilov Farxodjon Rustamdjonovich, 2 tsex;
  • Faoliyat turlari bo‘yicha eng yaxshi operator- Muydinov Dilshodjon Ummatali ugli, 7 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Rajabov Xusanboy Mansur ugli, 2 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Xamdamov Erkin Maxmutovich Nurmatov, 11 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik ta’mirlash ishlari xodimi- Nurmatov Аkmaljon Tursunbaevich, 7 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Guryanova Аnna Аnatolevna, 10 tsex;
  • Transport xizmati bo‘yicha eng yahshi xodim- Yusupov Dilshodbek, OYICH;
  • Eng yaxshi quruvchi- Maxmudov Usmonali, 32 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Аmanov Xamdamjon Luxmonovich, 45 tsex;
  • VGSO, VVO bo‘yicha eng yaxshi xodim- Nasretdinov Rustam Ravshanbekovich, 19 tsex;
  • AUP bo‘limi bo‘yicha eng yaxshi xodim- Dexkonov Eldor Bilolidinovich, 20 tsex;
  • Xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘yicha eng yaxshi xodim- Karimberdieva Yulduzxon Nematullaevna 30 tsex.

 

 

“Farg‘ona NQIZ” Matbuot xizmati

 


Нашр этиш