Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida 2021 yilda " Oʼz kasbining ustasi" kasb mahorati tanlovining gʼoliblari aniqlandi.

2020ning sentabr oyida zavod xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, kasb-hunarlarni targʼib qilish va nufuzini oshirish maqsadida 12 nominatsiya boʼyicha " Oʼz kasbining ustasi" kasb mahorati tanloviga start berilgan yedi.

Taʼkidlash joizki, mazkur tanlov "Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni" ga, shuningdek, "neft va gaz sanoati xodimlari kuni" arafasida (sentabrning birinchi yakshanbasi) maxsus tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, tsexlar tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida taqdim etilgan hamda, Telegram messenjerining chatida xodimlar oʼrtasida oʼtkazilgan mustaqil soʼrov natijalari asosida ochiq ovoz berish orqali har oyda tanlangan nomzodlar asosida, 2021 yil yakuni boʼyicha gʼoliblar aniqlandi.

Natijada, quyidagi mutaxassislar 2021 yilda " Oʼz kasbining ustasi " kasbiy mahorat tanlovining gʼoliblari deb topildi:

- Soliev Muradiljon Zaylobovich – 1-tsex texnologik qurilma operatori;

- Umarov Saidjamol Saidikromovich – 1-tsex faoliyat turi boʼyicha operatori;

- Mamasidikov Аvaz Boxodirovich – 2-tsex texnologik qurilma operatori;

- Chesnakov Vladimir Mixaylovich – 12-tsex elektromontyori;

- Grishin Valeriy Viktorovich – 6-tsex mexanik-taʼmirlash ishlari xodimi;

- Аbdullaeva Munojotxon Nazirjonovna – 10-tsex laborant, namuna oluvchisi;

- Umarov Аbdukayum Tillovoldievich – 14-tsex transport xizmati xodimi;

- Аtakuziev Maxammadali Аrapovich – 32-tsex quruvchisi;

- Podverbnыy Stanislav Dmitrievich – 9-tsex tarmoq xodimi;

- Umarov Mamirjon Mavlonjonovich – 18-tsex HGQO MHQO xodimi;

- Аtabekov Аzim Raxmatovich – 20-tsex OYoICh xodimi;

- Karabaev Kozim Tuxtasinovich – 15-tsex xizmat koʼrsatish boʼyicha xodim.

Joriy yilning 28 avgust Fargʼona viloyati hokimi Bozorov Xayrullo Hayitbaevich FNQIZga tashrif buyurdi, u zavodda amalga oshiralayotgan modernizatsiya jarayoni, erishilgan natijalar bilan tanishdi, shuningdek tantanali ravishda “Oʼz kasbining ustasi” tanlovi gʼoliblarini maxsus kuboklar, diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirladi.

Fursatdan foydalanib, FNQIZ maʼmuriyati "2021 yildagi yeng yaxshi ishchi kasbiy mahorat" tanlovi gʼoliblarini, shuningdek, zavodning barcha jamoasini "Oʼzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, xamda yaqinlashib kelayotgan" Neft va gaz sanoati xodimlari kuni "bayrami bilan tabriklaydi.


Нашр этиш