“Farg‘ona NQIZ” MCHJni Modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilgan ishlar.

Xabaringiz bor, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida keng ko‘lamdagi modernizatsiya, yangilash, ishlab chiqarishni isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda milliy mahsulotlarimizning ishlab chiqarilishida xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali, ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlashdek muhim va dolzarb masalaning yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilgari ma’lum kilinganidek, zavodda ishlab chiqarilayotgan motor yonilg‘ilarini Yevro 5 xamda surkov moylarini II+/III guruxiga mansub API jaxon standartlari talablari darajasiga yetkazish maqsadida, yangi qurilmalarni qurishni va mavjud qurilmalarni rekonstruksiyasini ko‘zda tutgan modernizatsiya loyixasini amalga oshirish doirasida, dunyoning yetakchi loyixa institutlari va kompaniyalari bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan asos loyihalari asosida investitsion loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA) ishlab chiqilshag bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda ekpertizadan o‘tkazilgan va kelishilgan, xozirda Vazirlar Maxkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgan.

Loyihani o‘z muddatida amalga oshirishni ta’minlash uchun jalb etilgan pudratchi tashkilotlar bilan xamkorlikda ishchi loyihani ishlab chiqish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, xamda dastlabki qurilish ishlarini amalga oshirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Jumladan:

-    pudratchi tashkilotlarning ishchi-xodimlari va uskunalarini qurilish maydonlariga safarbar etish, vaqtinchalik bino va inshoatlarni qurish;
-    qurilish maydonlarida qidiruv-muxandislik tadqiqotlarini o‘tkazish uchun jalb etilgan «UZROSNЕFTЕGAZGЕO» MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish;
-    “Omsknefteximproyekt” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) va “UzLiTi Engineering” MCHJ tomonidan yangi texnologik jarayonlarni qurish va mavjud texnologik ob’ektlarni rekonstruksiya qilish ishchi loyixalarini ishlab chiqish, shu bilan birga vodorod ishlab chiqarish qurilmasini qurilishini tezlashtirish choralari ko‘rish (zavodni bir maromda ishlashini xamda gaz kondensatiga bo‘lgan extiyojni kamaytirish maqsadida);
-    xom ashyo, yarim tayyor va tayyor maxsulotlarni quyish-to‘kish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish doirasida, jixozlarni yetkazib beruvchini jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlar asosida aniqlangan g‘olib kompaniyalar bilan o‘zaro shartnomalar tuzish;
-    vodorod ishlab chiqarish kurilmasi uchun pech va adsorber kabi jixozlarni yetkazib berish bo‘yicha AQSH va Italiyaning taniqli kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish va jixozlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
-    yangi qurilmalarning extiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib berishga mo‘ljallangan yangi tashqi quvurini qurish uchun yer maydonlarini ajratish va loyixa xujjatlarini ishlab chiqish uchun pudratchi tashkilotni jalb etish;
-    yangi, 36 ta rezervuarlarni yetkazib berish buyicha “KONAR” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida jixozlarni ishlab chiqarishni dastlabki ishlari;
-    Italiyaning “MACCHI” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bug‘ qozonlarini qurilishi va montaj ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida, pudratchi tashkilotning texnika va ishchi kuchini qurilish maydonlariga safarbar qilish ishlari.
 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishni optimallashtirish maqsadida zamonaviy dasturlarni tadbiq etish uchun “Aspen Technology Services Corporation” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.  

Yuqorida aytib o‘tilgan shartnomalarni xamda investitsiya loyixasini moliyalashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb qilish borasida xalqaro tijorat banklari va tashkilotlari bilan olib borilayotgan muzokaralar xamda investorlar tomonidan bildirilayotgan qiziqishlar natijasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvlarga erishilmoqda.

API standarti asosida I-guruhga mansub yangi turdagi moy maxsulotlari ishlab chiqarish dasturiga asosan, ishlab chiqarilgan motor, gidravlika va transmission moylari na’munalari iste’molchilar tomonidan sanoat sharoitida sinovlardan o‘tkazildi, olingan ijobiy xulosalar natijasida yaqin kunlarda yangi moylar uchun muvofiqlik sertifikatlari olinib, seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш