Kim tezroq yuguradi?

“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” maʼmuriyati va birlashgan kasaba qoʼmitasining tashabbusi bilan ishchi-xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini ommalashtirish va ularni sportga boʼlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida uzoq masofaga yugurish boʼyicha musobaqa tashkil etildi.

4 kilometrli masofaga yugurish bahslarida mehnat faxriylari, 30 yoshgacha va undan yuqori yoshdagi ishchi-xodimlar qatnashdi.

Ismoiljon Mallaboev, Erkinjon Hojiqurbonov singari faxriylar yoshlari ulugʼ boʼlishiga qaramay, yoshlar bilan tengma-teng yugurib, ibrat koʼrsatishdi.

50 yoshdan oshgan ishchilar oʼrtasida Ibrohimjon Аbbosxonov marraga birinchi boʼlib yetib keldi. 30 yoshdan 50 yoshgacha boʼlgan ayollar oʼrtasidagi bahsda Shahnozaxon Badalboeva qanchalar mahorat sohibasi ekanini namoyish etib, hammadan oldin finish chizigʼini kesib oʼtdi. Shu yoshdagi erkaklar oʼrtasida 13-tsex ishchisi Sardor Nazarov zafar quchdi.

30 yoshgacha boʼlgan yigit-qizlar oʼrtasida esa Аbror Qodirov va Madinaxon Аbdunazarova birinchi boʼlishdi.

Gʼoliblar maʼmuriyati va birlashgan kasaba qoʼmitasining qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Аҳмаджон Одилов,

“Фарғона нефтни қайта ишлаш заводи”

матбуот хизмати раҳбари


Нашр этиш