Farğona neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarişni köpaytiriş va uni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça
Farğona neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarişni köpaytiriş va uni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berildi.
Hozirda zavodda asosiy texnologik qurilmalar taʼmirlangani natijasida dizel yonilğisi işlab çiqarişni 30 foizga, bitum 60 foizga, aviakerosin esa 5 barobarga oşirişga erişilgan.
Kelgusida zavodni xomaşyo bilan barqaror taʼminlaş, mavjud quvvatlardan samarali foydalaniş hamda qarzdorlikni kamaytiriş böyiça keng qamrovli tadbirlar amalga oşiriladi.
Yil oxiriga qadar zavod yuklamasi 40 foizdan 65 foizga yetkaziladi va keyinçalik oşirib boriladi.
