DIREKTOR HUZURIDAGI KENGASH, BIRINCHI MAJLISNI O‘TKAZDI.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning 2021 yil 5 avgustdagi №593-sonli buyrug‘iga asosan korxona, Direktori huzurida Kengash tuzildi va Kengash Nizomi tasdiqlandi. Kengash tarkibiga direktorning birinchi o‘rinbosari- texnik direktor Milsin A.V., bosh muxandis Urunbayev D.A. va yo‘nalishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kiritildi.

Direktor huzuridagi Kengashni tuzishdan maqsad, korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy va operatsion barqarorligini ta’minlash, uzoq muddatli strategik maqsadlar sari intilish, korxonaning ichki boshqaruv mexanizmlarining shaffofligiga qaratilgan asosiy tamoyillarini boshqarish va nazorat qilishdan iboratdir.

Joriy yilning 15 sentabr kunida, Direktor huzuridagi Kengashning 1-yig‘ilishi, 2021-2022 yillar uchun tasdiqlangan yig‘ilishlar jadvaliga muvofiq bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi PF-6096 sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 29 martdagi VMQ-166 sonli “2021-2025 yillarga mo‘ljallangan davlat korxonalarini boshqarish strategiyasi va isloxotlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona NQIZ MCHJni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy qilish bo‘yicha Yo‘l xaritalari ijrosi ko‘rib chiqildi.

Kengash a’zolarining, taqdimot materiallari bilan birga ma’ruzalari tinglandi. Yig‘ilishda FNQIZ moliyaviy hisobotlarining halqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (MHXS) asosida yuritilishini ta’minlash, MHXS sohasida kadrlarni tayyorlash, korxona biznes jarayonini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish va "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish" loyihalari holati, korxonani ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish doirasida bosqichma-bosqich halqaro standartlarga javob beradigan dizel yoqilg‘isini va yangi turdagi moy maxsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, FNQIZ ishlab chiqarish faoliyatida energiya sarfini kamaytirish va boshqa soha masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuning bilan birga, ma’ruzachilar “Yo‘l xarita” sidagi mavjud muammoli masalalari va ularning yechimlari haqida ma’lumot berishdi.

Yig‘ilish davomida Kengash raisi tegishli ko‘rsatmalar berdi. Direktor huzuridagi Kengashi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda yig‘ilish bayonnomasi tuzildi.

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш