FNQIZda o‘n ikki nafar eng yaxshi xodim aniqlandi

Yangiliklar UZ Курилди: 513

FNQIZda “O‘z kasbining ustasi" deb nomlangan kasb mahorati tanlovining 2022-yilgi g‘oliblari aniqlandi.

2020-yil sentyabr oyidan zavod xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, kasblar nufuzini ko‘tarish va targ‘ib qilish maqsadida 12 nominatsiya bo‘yicha “O‘z kasbining ustasi” kasb mahorati tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.


Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan mezonlar bo‘yicha, shuningdek, onlayn formatda xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan mustaqil so‘rovnoma natijalari asosida, ochiq ovoz berish yo‘li bilan har oyda kasblar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar aniqlandi. Bu esa o‘z navbatida 2022-yil natijalariga ko‘ra g‘oliblarni saralash imkonini berdi.


“Mana 2 yildan buyon biz eng munosib xodimlar aniqlanadigan ushbu tadbirni o‘tkazmoqdamiz. Hurmatli o‘z ishining ustalari, qimmatli tajribangizni yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida keng yoyishda davom etavering, o‘zingiz kabi mehnatkash, fidoyi mutaxassislarni tarbiyalashingizga ishonaman, – dedi kombinat direktori Xabib Xalimovich. Natijada 2022-yilgi “O‘z kasbining ustalari” kasb mahorati tanlovi g‘oliblari sifatida quyidagi mutaxassislar aniqlandi:

-"Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori" - Ganyushin Ilya Pavlovich, 3-sonli (Moy ishlab chiqarish) bo‘lim;
-“Faoliyat turi bo‘yicha eng yaxshi operator” – Mallaboyev Baxtiyor Ismoilovich, 4-sonli (Tovar-xomashyo va tayyor mahsulotni jo‘natish) bo‘lim;
-“Texnologik qurilmalarning eng yaxshi muhandisi” – Rasulov Shahboz Shokirjon o‘g‘li, 1-sonli (Neftni birlamchi qayta ishlashga tayyorlash va katalitik reforming) bo‘lim;
-“Eng yaxshi elektromontyor” – Do‘stboboyev Rahmonali Hasanboyevich, 7-sonli (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bo‘lim;
-“Eng yaxshi priborchi” – Otajonov Saidjon Oxunovich 9-sonli (Boshqaruv o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish) bo‘lim;
-“Eng yaxshi mexanik ta’mirlash ustasi” – O‘rmonov Rasulxon Ravshanovich, 9-sonli (Boshqaruv o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish) bo‘lim;
-"Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi" - Baykarova Natalya Vladimirovna 10-sonli (Markaziy zavod laboratoriyasi) bo‘lim;
-“Transport xizmatining eng yaxshi xodimi” – Supijonov Oydinjon Sodiqovich, 12-sonli (Temiryo‘l terminali) bo‘lim;
-"Eng yaxshi Liniyachi xodim" - Podverbny Stanaslav Dmitriyevich 7-sonli (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bo‘lim;
-“HGQOning eng yaxshi xodimi” – Tohirjon Abdujabborovich Tohirov, 15-son (Harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi) bo‘lim;
-“MBXning eng yaxshi ishchisi” - Mo‘minov Eldorbek Shoirjonovich 17-sonli (Zavod boshqaruvi) bo‘lim;
-“Xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi xodim” – Abdurahmonov Musinjon Mamadaliyevich 13-sonli (Markaziy ombor) bo‘lim.


Bundan tashqari, ushbu tanlov g‘oliblari bir yil davomida har oyda tarifning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha mukofot puli oladilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati

Нашр этиш