«Farg`ona NQIZ» yoshlarga korxona rivojlanishiga hissa qo’shishga imkoniyat yaratmoqda.

Yangiliklar UZ Курилди: 511

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 222-sonli qaroriga muvofiq “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Yoshlar III-Renessans yo‘lida” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining iqtidorli, ijodkor va istiqbolli talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Quyidagi mavzular bo'yicha tanlov materiallari qabul qilindi:

- neftni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish;

- neftni qayta ishlash jarayonida operatsion xarajatlar va texnologik yo'qotishlarni optimallashtirish;

- Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish va sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish darajasini oshirish.

 Musobaqa shartlari:

I-bosqich - innovatsion g'oyalar va loyihalar uchun arizalarni qabul qilish;

II bosqich – tanlov ishtirokchilari ishtirokida innovatsion g‘oyalar va loyihalarni tanlash va ko‘rib chiqish;

III bosqich – tanlov yakunlarini sarhisob qilish va tanlov g‘oliblarini “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

Tanlov shartlariga ko‘ra, qabul qilingan innovatsion g‘oya va loyihalar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish-texnik kengashida ko‘rib chiqilib, saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar ko‘rib chiqishning ikkinchi bosqichiga yuborildi.

2022-yil 22-iyun kuni tanlov ishtirokchilari va O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari vakillari, korhonaning yonalish bo’yicha bosh mutaxassislar ishtirokida tanlovning II-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda quyidagi ishtirokchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi:

  1. Sodikov Usmonali Xudoberganovich (muallif), FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

Sheraliyev Maxmudjon Sodikjon o‘g‘li (muallif), FarPI "Kimyo-texnologiyalari", kafedra talabasi, loyiha mavzusi:"Katalitik riforming bloki katalizatorining regeneratsiya- koksni yondirish jarayonida xosil bo‘ladigan   “nordon gazlarni” neytrallashda absorberdan foydalanishni tadbiq etish".

  1. Hakimov Farrux Shokirjonovich,

FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti, loyiha mavzusi: "Разработка солей нафтеновых кислот, сульфида натрия и регенерация отработанной щёлочи ФНПЗ ".

  1. Xalilov Ismoiljon Latifjon o‘g‘li, FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi talabasi, loyiha mavzusi: "Барботажный абсорбционный аппарат".
  2. Mirzayev Navruzbek Abdullayevich,

FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti, loyiha mavzusi: "Havoni katalizator changlaridan tozalash uchun chang tozalash qurilmasini ishlab chiqish va takomillashtirish".

  1. Mirzaolimov Akmaljon Nabiyevich, FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti, loyiha mavzusi:"Получение пиросульфита натрия из серы ".
  2. Xakimov Farrux Shokirjonovich, assistent kafedrы FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti, loyiha mavzusi:

"Производство оксигенатов из лёгкой нафты ФНПЗ".

  1. Sodikov Usmonali Xudoberganovich (muallif), FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti, Xolmo‘minov Quvonchbek Toshko‘l o‘g‘li (soavtor), FarPI “Kimyo-texnologiyalari” kafedrasi assistenti talabasi loyiha mavzusi: "VTG (VSG)ni quritish adsorberining seoliti-NaXni regeneratsiya jarayonida stabilizatsiya bloki “quruq gaz”idan foydalanish sxemasini ishlab chiqish".
  2. Dadajonov Boburjon Botirjonovich, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Univirsitet talabasi, «GIDROINGEO» 1-toifali texnik, loyiha mavzusi:

"Er osti suvlarini moyli neft maxsulotlaridan tozalash texnologiyalarini takomillashtirish".

Loyihalarni muhokama qilish chog‘ida bosh mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bir qatorda taklif etilayotgan loyihalarning zaif va kuchli tomonlari, ularni takomillashtirish haqida so‘z bordi.

II bosqich yakunlariga ko‘ra tanlovning barcha ishtirokchilari tanlovda ishtirok etganliklari uchun tegishli Diplomlar hamda “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning shahsiy logotipli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tanlov natijalari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ saytida e’lon qilinadi.

 

Нашр этиш