OʼzLiDeP Partiyasi faolari birlashgan quyi boʼgʼinda targʼibot tadbiri hamda hisobot-saylov konferentsiyasi oʼtkazildi.

Yangiliklar UZ Курилди: 683

OʼzLiDeP Fargʼona viloyati va tuman-shahar Kengashlari tomonidan “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning 7 ta yoʼnalishi, hamda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʼzsiz taʼminlash, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan ustuvor yoʼnalishlar belgilab berilgani va uni xalqimizga yetkazishga bagʼishlangan targʼibot ishlari olib borilmoqda.

Аna shunday tadbirlardan biri OʼzLiDeP Fargʼona shahar Kengashi tomonidan “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʼlib oʼtdi.

Ushbu tadbirda partiyaning shahar Kengashi raisi Mavjudaxon Xursanova, rais oʼrinbosari Gʼayratjon Mamatqulov, hamda Xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashi deputati Shaxnozaxon Siddiqovalar ishtirok etdilar.

Shu kuni “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ qoshida tashkil etilgan Boshlangʼich partiya tashkilotining hisobot-saylov konferentsiyasi ham oʼtkazildi. Shuni alohida taʼkidlash oʼrinliki, 2003 yilda tashkil topgan ushbu quyi boʼgʼinda bugungi kunda 260 nafar hayrixohlar birlashgan.

 

Hisobot-saylov konferentsiyasida quyi boʼgʼin faoliyatini yanada jonlantirish borasida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ishtirokchilarning qoʼllab-quvvatlashi bilan boshlangʼich partiya tashkiloti raisligiga Feruzaxon Boltaboeva saylandi.

Tadbirda tashkilotning bir guruh ishchilari partiya safiga qabul qilinib, ularga aʼzolik guvohnomalari va koʼkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, partiya faollari shaxar Kengashi tashakkurnomasi va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati

Нашр этиш