"Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi” zavod xodimi bilan yuzaga kelgan fojiali vaziyat haqida xolis ma’lumot berish maqsadida qator muhim OAV (ommaviy axborot vositalari) vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi.  

RAHBARIYAT MUROJAATI Курилди: 905

Bugun, 08.04.2022, payshanba,  “Fargona NQIZ”da 08.02.2022 seshanba kuni sodir bo'lgan voqea mavzusida brifing bo'lib o'tdi. Brifingda “Fargona NQIZ”da rahbarlari ishtirok etdi, jumladan:

 

-Latipov Xabib - “Farg`ona NQIZ” direktori;

- Sherg'aziyev Baxrom - korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish bo'yicha direktor o'rinbosari;

- Boltaboeva Feruza – personallar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari;

- Umaraliev Diyorbek - sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i;

-Abubakirov Sharofjon - 32-tsex bo'limi boshlig'i o'rinbosari.
 

Brifingga ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taklif etildi. Ular orasida:

- Muhammadjon Obidov – “Farg‘ona haqiqati” va “Ферганская правда” gazetalari bosh muharriri;

- Ziyayev Sarvar - Kun.uz sayti jurnalisti;

- Ermatov Azizjon – Daryo.uz sayti jurnalisti;

- Xaydarov Olimjon - “Tahlil 24” sayti blogeri va jurnalisti.

Zavod rahbariyati, 2022-yil 2-avgust kuni FNQIZning nazorat-o‘tkazish punktida ayanchli harakatlarni sodir etgan xodimaning hamkasblari vaziyatni kuzatib bormoqda, ayolga va farzandlariga barcha zarur yordamni ko‘rsatishmoqda. Zavod huquq-tartibot idoralari va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlik qilmoqda.

Vaziyat jamiyatda keng rezonansga sabab bo‘ldi va bizning kompaniya hamkasbimiz bilan sodir bo‘lgan fojiali voqeani xolis yoritishdan manfaatdordir. Shu munosabat bilan 2-avgust, seshanba kuni ertalab FNQIZ nazorat-o‘tkazish punktida voqealar qanday rivojlangani, shuningdek, bundan oldingi davrlarda hamkasbimiz bilan o‘zaro munosabatlar haqida ba’zi ma’lumotlarini taqdim etishni zarur deb topdik.

2-avgust, seshanba kuni ertalab soat 7:37 da 32-sonli sexda 2-toifali bo‘yoqchi sifatida faoliyat yuritayotgan Haydarova Sanobarxon Dehqonovna zavodga kirish 1-sektorida korxona hududiga kiritilmagan. Chunki tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan. Qo‘riqchilar o‘z xizmat vazifalariga amal qilgan holda hamkasblarining ichkariga kirishiga ruxsat berishmagan. Bunga javoban Sanobarxon Dehqonovna qo‘riqchilarga nisbatan g‘azabini agressiv tarzda bildirgan. Zavodga kiraverishdagi qisqa muloqotdan so‘ng u binoni tark etgan. Zavodda ushbu harakatlarni tasdiqlovchi barcha video materiallar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu videomateriallar o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi mumkin.

Oradan bir soat o‘tib, soat 8:31 daqiqada o‘tganda Sanobarxon Dehqonovna qaytib kelgan va 1-sektorga kiraverishdagi nazorat punkti oldida plastik idishdagi benzinni o‘zning ustidan quygan. Binoga kiraverishda o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Ushbu harakatlarni ko‘rgan FNQIZ xavfsizlik xodimlari darhol o‘z-o‘zini yoqishning oldini olishga harakat qilishgan. Biroq xodima olovni yoqishga muvaffaq bo‘lgan, uning kiyimlari yonib ketgan. Qo‘riqchilar o‘t o‘chirgich va kiyimlar yordamida yong‘inni tezda o‘chirishgan. Ammo Sanobarxon Dehqonovna yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilib, allaqachon sezilarli darajada kuyib bo‘lgan.

Shuningdek, soat 8:31 da o‘tkazish punktida navbatchilik qilayotgan FNQIZ tibbiyot bo‘limi hamshirasi Barno Obidova shirkatning tibbiy yordam guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Soat 8:37 da Sanobarxon Dehqonovna tez yordam mashinasida Farg‘ona shahridagi shifoxonaning kuyish bo‘limiga yuborilgan. Mashina qabulxonaga ertalab soat 8:45 da yetib kelgan. Hozirda hamkasbimiz shifoxonada shifokorlar hamda FNQIZdagi hamkasblari nazorati ostida bo‘lib turibdi.

Tabiiyki, bunday harakatlar muayyan sabablarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday vaziyatda biz faqat umumiy faktlarni taqdim etishimiz mumkin, deb hisoblaymiz, chunki zavod xodimlarning shaxsiy hayoti haqidagi tafsilotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.

Haydarova Sanobarxon Dehqonovna 1975-yil 1-yanvarda Toshloq tumanida tug‘ilgan, oilali, 4 nafar qizi bor, hozirda turmush qurgan, Quva viloyatida yashaydi.

Voqea guvohlari bilan muloqot qilish natijasida ma’lum bo‘lishicha, Sanobarxon Dehqonovna ishga qabul qilinishidan oldin ham o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan bo‘lib, yuqoridagiga o‘xshash holatlarga bir necha bor tushgan. Ammo tahdidlar ko‘proq og‘zaki tusga ega bo‘lib, jumladan, avvalgi ish beruvchilariga ham qaratilgan. Bu haqda batafsil ma’lumot O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga yuborildi va OAV tomonidan belgilangan tartibda ulardan so‘rab olinishi mumkin.

Sanobarxon Dehqonovna “Neftchi” sport majmuasida ishlagandan so‘ng, FNQIZ 32-sexi 1-ta’mirlash-qurilish uchastkasining 2-toifali bo‘yoqchisi lavozimiga o‘tkazilgan.

2022-yil aprel oyida 32-sexning bir qator xodimlariga korxonaning Ta’mirlash-qurilish mexanika boshqarmasi (TQMB)ga ishga o‘tish taklif qilingan, boisi bu bo‘linmada korxonani modernizatsiya qilish jarayoni faol olib borilmoqda. TQMBdagi ish sharoitlari FNQIZdagi ishdan hech qanday tarzda, xususan, ish haqi, lavozim va toifa jihatidan farq qilmaydi.

Korxona rahbariyati tomonidan 400 nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan 32-sex jamoasi bilan joriy yilning aprel oyida ishning ko‘chirilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan, shart-sharoitlar tushuntirilgan. 400 kishi bu ishlarning guvohi. O‘zbekiston Respublikasining ichki tartib-qoidalariga va mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi xodimlar rozi bo‘lgan taqdirda, 2 oydan kechiktirilmagan muddatda boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi ogohlantirish qog‘ozini ularning qo‘liga topshirishi shart. Xuddi shunday ogohlantirish barcha xodimlarga, shu jumladan Sanobarxon Dehqonovnaga ham berilgan. Ushbu ogohlantirishning amal qilish muddati 9-iyun kuni tugagan. Shu muddat tugaganidan so‘ng TQMBga o‘tkazilishini tushuntirish bo‘yicha ishlar xodim bilan doimiy ravishda olib borilgan bo‘lib, zavod ma’muriyati tomonidan uni ishdan bo‘shatishga qaratilgan hech qanday harakatlar amalga oshirilmagan.

Shu bilan birga, xotin-qizlar kengashi majlisi o‘tkazilishi doirasida 1-avgust kuni Sanobarxon Dehqonovna oilaviy masalalarda yordam so‘rab zavod rahbariyatiga murojaat qilgan. Rahbariyat bilan suhbat chog‘ida oiladagi muayyan qiyinchiliklari haqida ma’lum bo‘lgan. Rahbariyat tomonidan xodimga quyidagi yondoshuv haqida ma’lum qilingan: zavod qiyin hayotiy vaziyatda xodimni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 5-avgust kuni hamkasbimiz korxona tomonidan ko‘rsatiladigan yordamni muhokama qilish yuzasidan korxona direktori bilan uchrashishi belgilangan edi.

TQMBga o‘tish haqidagi yakuniy arizani Sanobarxon Dexkonovnaning shaxsan o‘zi joriy yilning 1-avgust sanasida yozgan (nusxasi ilova qilinadi). Shu tariqa, bir qator OAVdagi xodimning ish o‘rni qisqartirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on. Xodimaning ushbu arizasi asosida uni TQMBga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan (nusxasi ilova qilinadi).

2-avgust voqealari birinchi qismda keltirilgan.

Hozirgi vaqtda korxona xodimi Farg‘ona shahar shifoxonasining kuyish bo‘limi, 8-palatada bo‘lib, unga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. FNQIZ xodimlari, Sanobarxon Dehqonovnaning hamkasblari, shuningdek, korxona kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari doimiy ravishda zavod nomidan uning yonida bo‘lib turishibdi. Zavod xodimni barcha zarur dori-darmonlar, shuningdek, oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda. Zavodning 12 nafar xodimi jabrlanuvchi uchun qon topshirdi.

Yana bir bor ta’kidlamoqchimizki, bugungi kunda hech qanday xatti-harakatlar va vaziyatga qaramay, Haydarova Sanobarxon Dehqonovna zavodimiz xodimi, hamkasbimizdir. Biz tomonimizdan unga barcha zarur yordam beriladi, sog‘ayib ketishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak ko‘rsatiladi.

 

 Заявление_сотрудницы_Хайдаровой_С_Д_и_Приказ_на_прием_на_работу


Zavod matbuot xizmati.

Нашр этиш