Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida o‘tkazilgan yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari zavod va shahar mutaxassislari harakatlarining uyg‘unligini tasdiqladi.

Yangiliklar UZ Курилди: 438

2022-yil 26-iyul kuni “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”da Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Mehnatni muhofaza qilish bo`limi, Harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi, Fuqaro muhofazasi, Tibbiyot punkti, 4-tsex xodimlari "Enter Engineering" Pte LTD qurilish tashkiloti hodimlari hamda Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVV) bilan hamkorlikda profilaktika tadbiri tashkil etildi. Mashqlar doirasida voqea joyida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish ishlab chiqildi.

Belgilangan joylarda o‘tkazilgan yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi, xususan, kerosin to‘kilishi natijasida neft mahsulotlarining alangalanishi simulyatsiya qilindi. Shuningdek, korxona va shahar bo‘limlarining o‘zaro hamkorligi tartibi va samaradorligi tekshirildi. Mashqlar jamoalarning kelishilgan va samarali harakat qilishini ko‘rsatdi.

 

Mashg‘ulotlarga Farg‘ona shahar YQB (yong`indan qutqaruv bo`limining) 45 dan ortiq shaxsiy tarkibi, FNQIZ yong‘in xavfsizligi xizmatining 6 ta, shuningdek, 8 ta texnika vositalari jalb etildi. Mashg‘ulotlarda 4 ta avtosisterna, 1 ta maxsus ko‘pikli o‘chirish mashinasi, 1 ta narvon, 1 tadan aloqa, yoritish va qo‘mondonlik vositalaridan foydanildi.

Mashg‘ulotlar xodimlarimiz, yong‘in xavfsizligi xizmati, shahar favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari jamoa bo‘lib ishlashga tayyor ekanliklarini ko‘rsatdi, – deydi mashg‘ulotlar natijalarini sharhlar ekan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bosh muhandisi D.A.O‘rinboyev.

Kelgusida bunday mashg‘ulotlar doimiy ravishda o‘tkazib turilishi rejalashtirildi.

 

Zavod matbuot xizmati.

Нашр этиш