"Farg'ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O'z kasbining ustasi" ko'rik-tanlovining may oyi natijalari e'lon qilindi.

Yangiliklar UZ Курилди: 565

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma'lum qilindi.

Barcha nomzodlar o'z kasblarining yeng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka yerishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir yetmaganligi sababli, "O'z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari yetib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Toshhodjaev Dilshod Mansur o`gli, 1(Neftni birlamchi qayta ishlash va katalitik rifformatsiyalashni tayyorlash) tsexi;

Faoliyat turlari bo'yicha eng yaxshi mahsulot operatori- Odiljonov Ilhomjon Komiljon o`gli, 2 (neft bitumi va neft koksini qayta ishlash) tsexi;

Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Oripjonov Izzatjon Ismoilovich, 1 (Neftni birlamchi qayta ishlash va katalitik rifformatsiyalashni tayyorlash) tsexi;

Eng yaxshi elektromontyor- Dustboev Raxmonali Hasanboevich, 7 (Axborot kamunikasiya va texnologiyalar) tsexi;

Eng yaxshi mexanik ta'mirlash ishlari xodimi-Ismoilov To`xtasin Mahsumovich, 9 (Avtomatika va uskunalarni nazorat va o'lchov) tsexi;

Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Artikova Nodiraxon A`zamovna, 10 (Markaziy labaratoriya) tsexi;

Eng yaxshi asbobsoz- Maxmudov Ikrom Xolmatovich, 9 (Avtomatika va uskunalarni nazorat va o'lchov) tsexi;

Transport xizmati bo'yicha eng yahshi xodim- Qosimov Ulug`bek Shuxratovich, 11 (Avtotransport va mahsus texnika) tsexi;

Eng yaxshi tarmoq xodimi – Abduraxmonov Alijon Salohidinovich, 8 (Elektor ta'minoti) tsexi;

VGSO, VVO bo'yicha eng yaxshi xodim- Nasretdinov Rustam Ravshanbekovich, (Harbiylashgan gazdan qutqarish) 15 tsexi;

AUP bo'limi bo'yicha eng yaxshi xodim- muminov Eldorbek Shoirovich, 17 (zavod boshqaruv) tsexi;

Xizmat ko'rsatish bo'limi bo'yicha eng yaxshi xodim- Abduraxmonov Musinjon Mamadalievich 13 (Markaziy omborxona) tsexi. 

 

 Zavod matbuot xizmati.

 

 

Нашр этиш