Bayram munosabati bilan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Yangiliklar UZ Курилди: 475

Qurbon hayiti – musulmonlarning shod-xurramlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat koʼrsatish ayyomidir. Muborak kun arafasida ota-onani, qarindosh-urugʼlarni borib koʼrish, yoru birodarlarni ziyorat qilish, ehtiyojmand oilalar, bemorlar holidan xabar olish kabi savobli ishlar musulmonchilikning savobi ulugʼ amallaridan.

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan, hayit bayrami kunlari xayriya tadbirlarini oʼtkazdi. 40 nafardan ziyod kam taʼminlangan oilalar, 1-guruh nogironlari, yakka-yolgʼizlar va uzoq vaqtdan buyon bemor yotgan hamkasblar xonadoniga borilib, ular holidan xabar olindi, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat saxovat yordamlari koʼrsatildi.

Qalblari togʼdek koʼtarilgan ehtiyojmand hamkasblarimiz beminnat yordam uchun zavod rahbariyatiga, jamoat tashkilotlariga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

Zavod matbuot xizmati.

 

Нашр этиш