«Farg`ona” NQIZ»ning malakali ishchilarni bilim saviyasi tekshirildi.

Yangiliklar UZ Курилди: 488

«Farg`ona” NQIZ» o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 04.04.2022 yildagi  47/PK-sonli  buyrug‘iga asosan 2022-yil 11-maydan korxonamizdagi yosh mutaxassislarning bilm saviyasi va malakasini oshirish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar, xalqaro standartlarni joriy etish, ularning tajriba va bilimlarini ishchi-xodimlarga yetkazish borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida muxandis-texnik xodimlar orasidan o‘zining tajriba va bilmlarini ishchilarga etkaza oladigan o’qituvchilarni attestatsiyadan o’tkazish boshlandi.

Personalni o’qitish va rivojlantirish bo'limining sinf xonasida o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish muntazam ochiq dars shaklida o'tkaziladi. Attestatsiyani o’tkazish jarayonida mavzuning dolzarbligi va o’tilayotgan dars mavzuga mos kelishini, o’quvchilarni qiziqtira olish qobiliyati  va tilni bilish darajasi baholandi. Attestatsiya o'qituvchining malaka bilimiga ta'rif beradi, shu maqsadda faoliyat yo'nalishlari bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish jadvallari tuzildi va bosh muhandis tomonidan tasdiqlandi.

Attestatsiya kelgusida muhandis-texnik xodimlarning o’z bilim darajasini oshirishga va korxona xodimlarining malakasini oshirishda faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

Нашр этиш