«Yongʼin xavfsizligi oyligi» oʼtkazilmoqda.

Yangiliklar UZ Курилди: 897

Respublikamizda har yili 20 noyabrdan 20 dekabrgacha "Yongʼin xavfsizligi oyligi" boʼlib oʼtadi. “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ direktorining tegishli buyrugʼiga asosan ham oylikni muvaffaqiyatli oʼtkazish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi hamda tegishli boʼlimlar va xizmatlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Аgar neftni qayta ishlash zavodi yongʼinga va portlashga xavfli oʼta muhim va toifalangan sanoat korxonasi ekanligini hisobga olsak, mazkur oylikning naqadar muhimligini va uning ahamiyatini teranroq his qilamiz.

Oylik doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning barchasi favqulodda holatlarning oldini olishga, hamkasblarimizning tinch-osoyishta mehnat qilishlarini taʼminlashga, ularning texnika va yongʼin xavfsizligi boʼyicha bilim va koʼnikmalarini yanada boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Zavod tasarrufidagi avtoturargohda oylik munosabati bilan oʼtkazilgan profilaktik tadbir aynan yongʼin kelib chiqishining oldini olish, favqulodda holatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan xizmatlar, shuningdek mavjud texnikalar, asbob-anjomlarning koʼrgazmasi tashkil etildi, tegishli boʼlimlar mutaxassislari va Binolarini yongʼin xavfidan taʼminlashni tashkil etish boʼlimi xodimlari tomonidan jamoa aʼzolariga yongʼinga qarshi kurash choralari tushuntirib oʼtildi.


 Tadbir davomida "Yongʼin xavfsizligi oyligi"ga doir savol-javoblar boʼlib oʼtdi. Yakunida faol qatnashgan bir qator ishchi-xodimlar hamkorimiz "Ishonch" kredit-savdo doʼkoni tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

Нашр этиш