COVID-19 tarqalishining oldini olish choralari to‘g‘risida.

Yangiliklar UZ Курилди: 916

Vaksina- COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish yoki uning murakkab kechishini oldini olishning yagona  va ishonchli usuli ekanligini hisobga olsak, shuningdek hato emlangan odam kasal bo‘lib qolgan xolatda ham, emlangan insonlar uchun kasallikning asoratlari va og‘ir kechishi ehtimolligi deyarli nolga teng bo‘ladi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan korxona ekanligini, uning to’xtatilishi faqatgina rejali profilaktik xizmat ko‘rsatish uchun belgilanganligini hisobga olsak, vaksinatsiya jarayoni korxonamiz uchun muxim va dolzarbdir.

Shu munosabat bilan korxonada quyidagi tadbirlarni o’z ichiga olgan bosqichma-bosqich ishlar tashkil etildi:

- emlanadigan ishchilar ro‘yxati shakilantirildi;

- korxona ishchi-xizmatchilariga emlash bosqichini olgan kuni pullik dam olish kuni berilishi orkali ularni rag‘batlantirishga qaratilgan buyruq chikarildi;

- emlashdan o‘tkazadigan tibbiy tashkilotlar aniqlanib, shuningdek emlash tadbirini ish joyida xam tashkil etildi;

Amalga oshirilgan ishlar natijasida shu kunga qadar zavod ishchilarining 97% COVID-19 ga qarshi emlandi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar, boshqa sanitariya-profilaktika tadbirlari bilan bir qatorda davom ettirilmoqda.

 

FNQIZ matbuot xizmati

Нашр этиш