Fargʼona NQIZ yoshlari «Zakovat» intellektual oʼyinining Respublika bosqichida faol ishtirok etdilar.

Yangiliklar UZ Курилди: 1474

Buxorodagi “Bukhara Desert Oasis” ekoturizm klasterida «Zakovat» intellektual Breyn-ring musobaqasining final bosqich oʼyinlari boʼlib oʼtdi. Unda Fargʼona neftni qayta ishlash zavodining yosh bilimdonlari ham ishtirok etishdi.

Kelajagimiz egalarining bilim va iqtidorlarini yanada mustahkamlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish, oʼz oldilariga qoʼygan orzu-umidlar sari intilishlarini qoʼllab-quvvatlash kabi maqsadlarda tashkil etilgan «Zakovat» intellektual oʼyinining dastlabki bosqichida 1200 ta jamoa qatnashdi. Zavodimiz bilimdon yoshlari bu bosqichda muvaffaqiyat ishtirok etib, hududiy musobaqada omadli ishtirok etgan 4 ta jamoadan biri sifatida finalga yoʼllanma oldi.

Qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi bosqichda 11 viloyatning 44 ta eng kuchli jamoalari gʼoliblik uchun astoydil kurash olib bordi. “13-jamoa” tarkibida intelektual oʼyinda qatnashgan zavodimiz xodimi Oyatullo Tuxtaraliev savollarga toʼgʼri va tez javob berishda faollik koʼrsatdi. Uning jamoasi faxrli uchinchi oʼrinni egallab, 10 million soʼm bilan ragʼbatlantirildi.

Korxonamizning yoshlaridan Аkmal Аbduvaliev, Shukurullo Sobirov, Nasrullo Murtazaev, Begzod Tuychiev “Magnat” jamoasi tarkibida bilim va iqtidorlarini sinovdan oʼtkazishadi. Ularga bir oz omad yetishmagan boʼlsa-da, ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, siyosiy sohalarda yetarli bilimga ega ekanliklarini amalda koʼrsata olishdi.

 

 FNQIZ matbuot xizmati

 

 

 

Нашр этиш