Tarixiy shaharlarga sayohat

Yangiliklar UZ Курилди: 1166

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodining bir guruh ishchi-xodimlari koʼxna va navqiron Xorazm viloyatida sayoxatda boʼlib qaytdilar.

Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Zavod maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi ham davlat siyosatiga hamohang bu xayrli tashabbusni qoʼllab-quvvatlab, korxonaning faol ishchi-xodimlarining qoʼshni viloyatlarga hamda tarixiy shaharlarga sayohat qilishlarini tashkillamoqda.

Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan tavsiya etilgan, koʼp yillar zavodda samarali mehnat qilgan xodimlarning 8 nafari hamda yoshlar ittifoqi tomonidan tanlab olingan 8 nafar faol yoshlarning Toshkent shahriga va Xorazm viloyatiga turistik sayohatlari ham maroqli va taʼsurotlarga boy boʼldi.

Poytaxtning diqqatga sazovor joylari, Urganch, Xiva shaharlarining tarixiy obidalariga tashrif buyurgan hamkasblarimiz ota-bobolarimiz qoldirgan moddiy meroslarni tomosha qilib, maʼnaviy oziq oldilar. Betakror chiroyga ega boʼlgan madaniyat maskanlari, dam olish joylarida miriqib hordiq chiqardilar.

Ishchi-xizmatchilarni qoʼllab-quvvatlab, maroqli dam olishlariga bosh-qosh boʼlayotgan zavodimiz raxbariyatiga va ushbu sayohat tashkilotchilarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

“Farg‘ona NQIZ” Matbuot xizmati

 

Нашр этиш