MAHSULOT SIFATIGA KAFOLAT BERAMIZ

“Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bugungi kunda 60 dan ziyod turdagi neft mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda va 62 yildan buyon bozorga etkazib bermoqda. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar yuqori sifatli xom ashyodan qayta ishlanadi, xalqaro standartlarga javob beradi va tegishli sertifikatlarga ega. Neft mahsulotlarning sifati zavodning markazlashtirilgan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan nazorat qilinadi va tegishli sifat sertifikati bilan chiqariladi.

Afsuski, so'nggi paytlarda "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ mahsulotlarini sotib olib, keyincalik miqdorini ko’paytirish maqsadida turli qo’shimchalar qo’shgan holda sifatini o’zgatirib qayta sotish orqali zavodimiz shaniga tanbeh etkazuvchi vijdonsiz shaxslar uchramoqda. Ushbu munosabat bilan, "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ etkazib berilayotgan neft mahsulotlar sifatiga faqat to'g'ridan-to'g'ri sotib olgan xaridorlarga kafolat berib, mahsulotni uchinchi shaxslarga qayta sotilganidan so’ng sifatiga javobgar emasligini e'lon qiladi.


Нашр этиш