Fargʼona NQIZ nazorat oʼtkazish punktida oʼziga oʼzi oʼt qoʼyib yuborish xolati yuzasidan matbuot xabari.

RAHBARIYAT MUROJAATI Курилди: 456

2022 yil 2-avgust kuni soat 07:37 da Xaydarova Sanobar Dexqonovna “Fargʼona NQIZ” MChJ 1-sektori NOʼJidan oʼziga tegishli boʼlgan kirish-chiqish ruxsatnomasi yoʼqligi sababli korxona xududiga kiritilmagan.

Buning natijasida Xaydarova S.D. norozi kayfiyatda, tojovuzkorlikni koʼrsatgan, biroz vaqt oʼtib oʼzini bosib olgan va NOʼJ binosidan chiqib ketgan.

Oradan bir soat vaqt oʼtib, “Fargʼona NQIZ” MChJ 1-sektori NOʼJi tomon yurib kelish bilan barovar yelim idshidagi benzinni oʼzining ustidan quyib kelgan. NOʼJ binosiga kirgach oʼziga oʼzi oʼt koʼyishga uringan, bu xolatni koʼrgan qoʼriqlash xodimlari unga toʼsqinlik qilishga uringan, ammo ikkinchi urinishda Xaydarova S.D. oʼziga oʼzi oʼt qoʼyib yuborishga erishgan.

Oʼzini yoʼqotib qoʼymagan qoʼriqlash xodimlari vetosh xamda oʼt oʼchirgich yordamida olovni oʼchirishgan. Shunday boʼlsada, Xaydarova S.D. kuyish tan jaroxatini olib boʼlgandi.

Chaqirtirilgan tez tibbiy avtoulovida Xaydarova S.D. zavod tibbiy xodimlari nazorati ostida Fargʼona shaxridagi birinchi tez tibbiy yordam boʼlimiga yetkazilgan.

Xozirgi vaqtda Xaydarova S.D. axvoli barqaror ogʼir xolatda. “Fargʼona NQIZ” MChJ kasaba uyushmasi tomonidan Xaydarova S.D.ning sogʼligini tiklashda barcha zarur yordam koʼrsatilmoqda.

Xuquq-tartibot organlari tomonidan mazkur xolatga xuquqiy baxo berish maqsadida barcha xolatlar oʼrganilmoqda.

 

 “Fargʼona NQIZ” MChJ matbuot xizmati

Нашр этиш