Fargʼona NQIZ MChJ da yuzaga kelgan qisqa muddatli yongʼin xaqida

RAHBARIYAT MUROJAATI Курилди: 881

15.11.2021 yil kuni soat 11:07da «FNQIZ» MChJning 2-tsexiga qarashli 21-10/600-sonli texnologik qurilmasini taʼmirdan soʼng ishga tushurish vaqtida, qurilmaning N-3 nasosidan chiqish quvuriga drinaj uchun ulangan quvur yorilishi natijasida maxsulot chiqishi tufayli qisqa muddatli yongʼin sodir boʼlgan.

Yongʼin toʼgʼrisida 25 yongʼinga qarshi kurash boʼlimiga soat 11:07da xabar berilgan. YQК boʼlimi tomonidan maxsus guruh voqea joyiga 1 daqiqada yetib kelib, 2 daqiqada alanga qamrab olingan, hamda 5 daqiqada yongʼin toʼliq bartaraf etilgan.

Sodir boʼlgan yongʼin oqibatida tan jarohati olganlar yoʼq.

Voqea tafsilotlari hamda yongʼinni kelib chiqish sabablari «FNQIZ» MChJning buyrugʼi asosida tuzilgan komissiya tomonidan toʼliq oʼrganiladi va tahlil qilinadi.

 

Нашр этиш