FNQZda benzin ishlab chiqarish hajmining qisqarishi haqidagi xabarlarga nisbatan SEGning rasmiy ma’lumoti

OAV biz haqimizda Курилди: 484

Farg‘ona NQZda joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 95,4 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shundan iyun oyida mahsulot hajmi 9,9 ming tonnani tashkil etdi.

Ishlab chiqarishning pasayishi korxonaning xususiylashtirilishi bilan bog‘liq emas, balki L35/11-300 (benzin ishlab chiqarish) qurilmasining 1-15-iyun kunlari ta’mirlashda bo‘lgani tufayli sodir bo‘lgan. Afsuski, zavod so‘nggi 30 yil davomida modernizatsiya qilinmadi, xavfsizlik omili tufayli bunday qurilmalarning ishini to‘xtatish va ta’mirlash ishlarini keyinga qoldirib bo‘lmaydi, ularni e’tiborsiz qoldirishga kompaniyamiz haqli emas.

SEG korxonaning yangi egasi sifatida modernizatsiya qilish uchun 400 mln dollar atrofidagi mablag‘ni jalb etishni rejalashtirgan. Yangilanish korxonaning ish rejimini to‘xtatmagan sharoitda amalga oshirilmoqda, ammo turli qurilmalarning ishini orada vaqtincha to‘xtatib turishga to‘g‘ri keladi. Zavod avvalgi egalari davrida bunday ta’mirlash ishlari olib borilmagan va ularga katta sarmoya ham kiritilmagan. L35/11-300 agregatining standart ishlab chiqarish quvvati oyiga 20,0-26,0 ming tonnani tashkil etadi. Shu tariqa, O‘zbekistonda umumiy ishlab chiqariladigan avtomobil benzini hajmining chorak qismidan sal ko‘prog‘i (26%) FNQZ hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda jahondagi geosiyosiy vaziyat va resurslar taqsimoti sxemasidagi o‘zgarishlar, shuningdek, uglevodorod xomashyosi hamda neft mahsulotlari narxlarining keskin o‘sishi tufayli tijorat tuzilmalari tomonidan benzin va dizel yoqilg‘isi importi keskin kamaydi.

Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilgan bozorning chorak qismi so‘nggi oylarda oltidan bir qismga aylandi, ya’ni hozirda ushbu hajm umumiy bozorning 18 foizidan oshmaydi.

Iyun oyida qurilma ta’mirda bo‘lganini hisobga oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan umumiy benzin bozorida tashkilotning ulushi 10 foizigacha kamayganini ko‘rish mumkin.

Bunday ma’lumotlar shuni anglatadiki, FNQZ ishi, albatta, benzin narxiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin faqat korxona tomonidan ishlab chiqariladigan o‘sha ulush doirasida. Ushbu ulushni ortiqcha baholashga urinishga hojat yo‘q. Birjaga benzin yetkazib berish nuqtai nazaridan quyidagilarni aytish mumkin. FNQZ har doim amaldagi qonunchilikning barcha me’yorlariga rioya qilgan va rioya qilishda davom etadi. Unga ko‘ra, ishlab chiqarilgan benzinning umumiy hajmi, ya’ni 100 foizi birjaga chiqarildi. Afsuski, Kun.uz jurnalistlari “FNQZ” MCHJ tomonidan savdoga chiqarilgan benzin hajmlari bo‘yicha savolni oldindan noto‘g‘ri tuzishgan. Tahririyat o‘sha savolga javobdan kelib chiqqan holda zavodda ishlab chiqarilgan benzinning bir qismi birja orqali savdoga  chiqarilmagan, degan noto‘g‘ri xulosa chiqargan. Bu haqiqat emas. Bugungi kunda FNQZ SEGning bir qismidir. Demakki, FNQZda ishlab chiqarilgan benzin nafaqat “FNQZ” MCHJ, balki “Sanoat Energetika guruhi” MCHJ yuridik shaxsi orqali ham savdolarga qo‘yilishi mumkin. Iyun oyida FNQZ tomonidan ishlab chiqarilgan hajmning 100 foizi yuridik shaxs kim bo‘lishidan qat’iy nazar yuqorida nomi tilga olingan ikki kompaniya tomonidan birja savdolariga chiqarilgan.

https://t.me/sanoat_energetika_guruhi/707

Нашр этиш