Korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tashqi tashkilotlarga quyidagi servis xizmatlar ko‘rsatishni taklif qiladi:
- Har xil turdagi (koriolisli, vihrevli, ultratovushli) massali va hajmli sarf o'lchagichlarni metrologik qiyoslashga tayyorlash, masalan:
- Emerson – Micromotion CMF, Elite;
- Endress+Hauser – ProMass, Prosonic, Prowirl;
- Krohne – Optimass, Optisonic;
- Yokogava – Yewflo, Rotamass;
- Rheonik - RHM
va shunga o'xshash.
- Sovuq suv hisoblagichlarni metrologik qiyoslashga tayyorlash.
Ko'rsatilgan o'lchash vositalarini dastlabki tekshirish va qiyoslashga tayyorlash ishlari O'zbekiston Respublikasida yagona sertifikatlangan yuqori aniqlikdagi "Prover" qiyoslash qurilmasida oqim uslubida amalga oshiriladi:
- 1 razryadli qiyoslash qurilmasi xatoligi ± 0,03%, o'tkazuvchanlik diapazoni 0,8 dan 800 m³/h gacha, sinov muhiti texnik KEROSIN; Ø (25÷300) mm;
- 2 razryadli qiyoslash qurilmasi xatoligi ± 0,1%, o'tkazuvchanlik diapazoni 48 dan 1000 m³/h gacha, sinov muhiti texnik KEROSIN; Ø (25÷300) mm;
- sovuq suv xisoblagichlarni qiyoslash qurilmasi xatoligi ± 0,5%, o'lchash diapazoni (0,03÷150) m³/h, sinov muhiti SUV; Ø (15÷150) mm.
Xizmatlar “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarning narhlarii va shartlari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan tasdiqlangan preyskurant bo‘yicha xisoblanib, ikkitomonlama tuzilgan shartnoma bandlari asosida belgilanadi.
Servis xizmatlar ko'rsatish bo'yicha narxlar preyskuranti:
Xizmat nomi
|
O’lchov birligi |
QQSsiz ulgurji narx, |
QQS 12%, |
QQS bilan ulgurji narx, so'm |
Har xil turdagi massali va hajmli sarf o'lchagichlarni qiyoslash ishlariga tayyorlash va tashkil etish |
1 dona |
4 915 000,00 |
589 800,00 |
5 504 800,00 |
Sovuq suv xisoblagichlari o‘lchov vositalarini metrologik tekshiruvga tayyorlash |
1 dona |
583 000,00 |
69 960,00 |
652 960,00 |
Qiyoslash ishlari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ hududida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi (“O‘zMMI” DM) hududiy bo‘limi vakillari tomonidan amalga oshiriladi va xizmatlar narhi “O‘zMMI” DM tomonidan tasdiqlangan preyskuranti bo‘yicha xisoblanib, to’lovlar buyrtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
(73) 229-47-60 bo`lim rahbari Almenov Ildar Nazimovich.
(73) 229-45-46 metrologiya xizmati Ismailova Gulchehra Sultanbaevna
email: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ maʼmuriyati